Payg'ambarimiz ﷺ huzurida o'tirarkanmiz, to'satdan bir kishi kirib keldi. Kiyimlari oppoq, soch soqoli qop qora, ustida bironta bir safar alomati yo'q. Keldi, ﷺ ning qarshisiga kelib o'tirib, tizzasini Rasulullohning tizzalariga tegizib o'tirdi. O'zini qo'lini o'zini soniga qo'ydi yoki tizzasiga qo'ydi. Shunday yaqin kelib o'tirdi. Sahobalar hayron.
Ya'ni Jabroil alayhissalom notanish bir kishi inson sur'atida kelib, musulmonlar dinida bilishlari kerak bo'lgan eng muhim narsalarni o'rgatib chiqib ketdilar. Islom nima? Iymon nima? Ehson nima? Bu darsga kirishlikdan avval bu darsni qadrini, bu darsni qiymatini bilib olaylik. Islom nima ekanligini bizga birodalar, fiqh ilm o'rgatadi.
Namoz, ro'za, zakot, haj, ro'zani qanday tutish kerak, qaysi vaqtda og'iz yopish kerak, namozda necha rakat, qaysi amalda qilsangiz, sajdai-sahf qilish kerak. Fiqhiy ilm bizga ibodatlarimizni o'rgatadi. Islomni fiqh ilmi o'rgatadi. Iymonni nima o'rgatadi? Iymonni bizga o'rgatadigan ilm bu - "aqida" deyiladi. Biz nimaga e'tiqod qilamiz, nimani bor deb ishonamiz, nimani yo'q deb ishonamiz. Bizga nimaga
e'tiqod qilishimizni o'rgatadigan ilm, iymonni o'rgatadigan ilm aqida deyiladi. Endi nima qoldi? Hadisda uchta narsa aytilindi. Uchinchisi nima edi? Ehsonni nima, qaysi ilm o'rgatadi. Ehsonning nima ekanligini o'rgatadigan ilm "tasavvuf" deyiladi. Tasavvuf ilmi, insonni qalbini musaffo bo'lishligini o'rgatadigan ilm. Mana iymonni o'rgandik, alhamdulillah.
islomni o'rgandik, alhamdulillah. Nimaga bizni ko'zimizdan yosh oqmaydi namozlarda turganimizda? Hech o'ylab ko'rganmisizlar? Biz ham ana shu saxobalar o'qigan suralarni o'qiyapmiz. Biz ham ular o'qigan namoz, o'sha rakatni o'qiyapmiz. Nimaga bizni ko'zimizdan yosh kelmayapti? O'ylab ko'rganmisizlar? Hajga borgan, Umraga borgan birodarlar ichimizda o'tiribdi.
Yurtingizda yurganda yig'lamasdingiz. Namozga turganda, boshqa, lekin Kaabani birinchi marta ko'rganinglardek eslanglar da. Yig'i kelganmi, yo'qmi? Boshqa dunyoga o'tib qolganmisizlar? Yoningizda kim turibdi ko'rmagansiz? Ho'ngirak oti yig'layapsiz, birov eshitib qolsa xijolat bo'lmaydigan hayol ham qolmagan. Boshqa dunyoga kirib qolganmisizlar? Ana shu qalbning musaffoligini bir shingili bo'ladi. Xohlarmidingiz ana shu holat doim sizda bo'lishini?
Qalb musaffo bo'lishini xohlarmidingiz? Xohlaysiz! Mana shu tasavvuf ilmi, mana shu ehsonni nima ekanligini o'rgatadi. Jabroil alayhissalomning hadisi bizga islomni uchga bo'lib berdi. Iymon, islom, ehson. Ehson dinimizni uchdan biri birodarlar. Qaytarib aytaman. Jabroil alayhissalomning hadisi, Umar Ibn Xattob rivoyat qilgan hadis, dinimizni uchga bo'lib o'rgatib berdi. Islom,
Savol. Biz o'zimizni o'zimizni nafsimizni taniymizmi? Biz o'zimizni kimligimizni bilamizmi? Taniymizmi o'zimizni? Tushunmay qolaman o'zimni ham ba'zida. Bir fe'lim tutib ketganda, saxovatim qo'zib ketadi, bir baxilligim tutganda shu sichqonga kepak oldirgim kelmay qoladi. O'zimizni taniymizmi? Rasululloh aytyaptilar, "- Kim o'zini tanisa, keyin Robbisini taniydi!". Alloh azza va jalla عَزَّ وَجَلَّ,
siz bilan bizga idrok qilishlik quvvatini ato qildi. Va bu idrok, idrokiy quvvat faqat inson bolasiga berildi. Bizda idrok qilishlik quvvati bor. Shuning uchun inson mana shu quvvati bilan, idrokiy quvvati bilan dunyoga nimaga kelganligini bilmasa, bu borliqda turishligini, sirini anglamaydigan bo'lsa, nima maqsadda yaratilganini bilmaydigan bo'lsa, albatta, ikki dunyoda ham zararga uchraydi.
Eng katta zarar. Inson dunyoda zarar ko'radi. Masalan, molini yo'qotib qo'yadi. Lekin uni tiklab olishligi mumkin. Inson sog'ligini yo'qotib qo'yadi, zarar bu ham. Uni ham tiklab olishi mumkin. Ammo, u oxiratda o'zini dunyoda tutgan yo'lini xato ekanini ko'rganida, pushaymon bo'lganida, abadiy azobga, shaqovatga ega bo'lib qolganligini ko'rganida, mana shu odamning
zarari, mana shu odamning topgan ziyoni eng katta ziyon deyiladi. Alloh taolo aytyapti, eng katta ziyon, eng katta zararga, ziyonga kim kirib qoladi? Inson dunyoga nimaga kelganligini bilmadi. Dunyoga kelishilgan maqsadini tushunmadi. Bu vujudda borib bo'lib turishligini hikmatini anglamadi. Demak, xohlaganidaqa yashaydi bu odam. Endi Alloh taolo aytadi:
Inson dunyoga keldi. Nimaga kelganligini bilmadi. Yashayapti. Nimaga yashayotganini bilmadi. Dunyodan chiqib ketyapti. Dunyoga nimaga kirganiniyu va nimaga chiqqanini bilmayapti. Shuning uchun odamlar 4 xil bo'ladi. Birinchi odam, u biladi, bilimli. Bilishini ham biladi. Bu olim. Bunga ergashinglar. Ikkinchi kishi, u biladi, lekin esdan chiqarib qo'ygan. Bu g'ofil. Unga eslatish kerak.
Uchinchi odam, u bilmaydi. Ilmsiz. Lekin bilmasligini biladi. Ilmsiz, ilmsizligini biladi. Bu johil. Bunga o'rgatinglar. To'rtinchisi, bilmaydi, ilmsiz, bilmasligini ham bilmaydi. Bu odam shayton, bundan uzoq bo'linglar deydi. Mana shu to'rtinchi toifadagi odamlar eng katta zarar ko'radigan odamlar bo'ladi.
Hech narsa narsani bilmaydi, hech narsaga aqli yetmaydi. Lekin hech narsani bilmasligini ham bilmaydi. Meni ishim to'g'ri, meni yo'lim haq, inson huquqlari, a? LGBT, ular ham odam, biz ham odam. Hech narsani bilmaydi, hayot haqida. Haqiqatdan uzoq, lekin bilmasligini ham bilmaydi. Dunyoga kelib, eng katta zarar ko'rgan odam, bu dunyoga nimaga kelganligini bilmagan odam.
"Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi". Biz o'zimizni tanishlik uchun mana shu darslarni eshityapmiz, birodarlar. Demak, idrok qilishlik quvvatini Alloh taolo faqat bu yer yuzida inson zotiga ato qildi. Agar biz Alloh subhanahu va taolo (سبحانه و تعالى) bu koinotga yaratib qo'ygan, bu yer yuziga yaratib qo'ygan eng ulug' narsa bashariy aql desak, insonning aqli desak, adashmagan bo'lamiz.
Mana shu aql bilan inson yuksaladi yoki tubanlikka yuz tutadi. Aqli bilan o'zini tanisa, o'zini tanigandan keyin Robbisini tanisa inson yuksaladi. Endi inson mana shu aqli bilan o'zini tanimasa Robbisini tanimasa tubanlikka yuz tutadi. Yevropadagilar (G'arbdagilar) ahmoq emas. Lekin o'zini tanimadi kimligini Robbisini tanimadi kimligini, erkakka erkak
ayolga ayol yaqinlik qilyapti. Aytayapmiz ku, shu aql bilan inson yo yuksaladi, yo aql bilan tubanlikka yuz tutadi. Inson nima? Inson idrok qiluvchi aql va yaxshi ko'ruvchi qalb. Idrok qiluvchi aql va yaxshi ko'ruvchi qalbdir. Shuning uchun aql bilan qalbning aloqasi juda qattiq bir biriga. Aql bilan qalbning aloqasi qattiq. Hali muhabbat degan tema (mavzu) bor.
Lenin maktabda Fozil tog'a degan odamimiz bo'lardi. Nikolayni ko'rgan, Leninni ko'rgan, Stalinni ko'rgan, Xrushyovni ko'rgan, Brejnevni ko'rgan, Andropovni ko'rgan, Chernenko ko'rgan, Gorbachovni ko'rgan, Yeltsinni ko'rgan. Xullas, bitta sistema paydo bo'lib yo'q bo'lib ketdi. Yuz yil yashagan odam. Ya'ni aqli pishgan odam. Yuz yil yashagan. Oq poshshoni ham ko'rgan, yeltsinni ham ko'rgan. Men mana bu aqli pishganinglar Allohga muhabbatlik bo'ladi degan narsani tushuntirish uchun aytyapman.
Bir birodarimizni uyida ehsonda o'tirgan edik, usha oqsoqolni to'riga o'tkazib qo'yishdi. Yuzga yetib qolgan oqsoqol. O'tirib, benzindan gapirishdi o'tirgan insonlar, narx navodan gapirishdi, asfaldan gapirishdi, siyosatdan gapirishdi, xullas dunyoni mashmashalaridan gapirishdi. Haligi oppoq doda indamay o'tiripti. 15 minutlar javrashganidan keyin, "- Men ham gapirsam maylimi" dedi. Hamma jim bo'ldi.
"- Payg'ambarimiz ﷺ bir suhbatida mamnaqa mamnaqa degan ekan", dedi. Odamlarni kompasini Qiblaga to'g'irlab qo'ydi. Kerak emas mana bu sizlar gapirayotgan gaplar! Allohni, Payg'ambarni so'zi bo'lmasa, boshqa gap kerak emas deyapti. Aqli pishgan odam bu. Haligi esi borlar, bir pastda yana estafeta tayoqchasini olishib, "- Ha to'g'ri aytdingiz, Fozil tog'a, manaqa, manaqa, o, manaqa, manaqa" deb turib, yana o'n besh minutdan keyin yana g'arbga qarab qoldi kompasi.
Yana ozgina o'tirib, yana boshidagi gapini qaytardi. "- Yana bitta gapirsam maylimi?". Xullas, uch marta suhbatni bo'ldi. Alloh va Rasuli tomonga burib qo'ydi mavzuni. Shunda men xulosa oldimki. "- Ey, ey, yosh bolalar, senlar gapirayotgan gap, u kerak emas gaplar. Alloh va Rasulini gapi bo'lmasa, gapirma" degan narsani aytyapti. Mana aqli pishgan odam!
Sovet tuzumi paydo bo'lishidan yo'q bo'lishigacha yetmish yil o'tgan bo'lsa, shuni ko'rgan odam. Aqli pishgan odam nima deyapti? Shuning uchun Payg'ambarimiz aytyaptilar, "- Kiminglarda aqlinglar pishganroq bo'lsa, Allohga muhabbati qattiq bo'ladi!". Mana endi o'zingizdan so'rang birodar. Allohga muhabbatingiz qattiqmi? Eng katta muhabbat qalbingizda Allohga, Payg'ambariga nisbatanmi?
Birodalar, dunyo hayoti siz bilan bizni umrimizni sarf qiladi. Biz nimamiz? Inson nima? Inson bu soatlar. Daqiqalar, soniyalar. Qo'limizdan qum tushib ketayotganda, qo'limiz bo'shab qolgandek, har bitta o'tayotgan shu qum donasi qo'lingizni bo'shatayotgandek, har bitta o'tayotgan kunimiz, soatimiz, daqiqamiz, soniyamiz bizni tugatyapti.
Dunyo hayotimizni sarf qilib qo'ymasin, o'yin kulgusiga, zebi ziynatiga, talashib tortishlikka (odamlarni o'rtasidagi), xusumatga, boshqa narsalarga. Chunki mana shu narsalar bilan ovora bo'lib inson turar ekan, to'satdan ajal keladi, hamma narsadan ajraladi, mahrum bo'ladi. Shuning uchun birodarlar, hayot bizni sarf qilib yubormasin. Johillikni qurboni bo'lib qolmasligimiz uchun Alloh taolo aytadi:
"Allohu-llazi kholaqo sab'a samavatin va minal-ardi mislahun, yatanazzalul-amru baynahunna lita'lamu anna Alloha 'ala kulli shay'in qodir, va anna Alloha qod ahata bikulli shay'in 'ilma"
Alloh yetti osmonni va yerdan ham o'shalarning mislini yaratgan zotdir. Allohning amri farmoni ularning o'rtasiga nozil bo'lib tarqalib turur, osmon bilan yer o'rtasida. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani o'z bilimi bilan ixoda qilib olganini bilishlaringiz uchun u zot sizlarga yuqorida zikrilgan narsalar haqida xabar berur.
Inson dunyoga kelishligidagi maqsad - ibodat. Insonni bu borliqda turishining illati sababi - Allohga qulchilik qilishlik. Agar yer yuzida siz bilan biz bor bo'lib turishimizni asosiy sababi - bilim desak ham xato bo'lmaydi.
Qaysi bilim? Allohni bizga tanitadigan bilim. Eng asosiy ilm, eng katta bilim mana shu. Bir inson uchta universitetni tugatgan bo'lishi mumkin. Beshta doktorskiy bir stepeni bo'lishi mumkin. Agar uni bu olgan nobelskiy premiyasi bo'lgan bo'lishi mumkin uni. O'zini sohasi mislsiz bir professor bo'lishi mumkin, akademik bo'lishi mumkin. Ammo uni mana shu ilmi Allohni tanishlikka olib bormagan bo'lsa, bu odam johil deyiladi.
Ibodat nima desa, biz bo'ysinish deymiz. Yo'q, bo'ysinish o'zi ibodatmas. Agar bo'ysinish muhabbat bilan bo'lsa - ibodat deyiladi. Agar bo'ysinishingiz muhabbatsiz bo'lsa - toat bo'ladi. Armiyaga borganlar, serjant nima degan? Ravnyaysya degan, Smirno degan, Shagommarsh degan. Xo'p, bo'ysinyapsiz.
Muhabbat bilan bo'ysinayapsizmi? Demak bo'ysinish muhabbatsiz bo'lsa, ibodat deyilmas ekan. Mana namozga chiqyapsizlar, bo'ysinayapsizlar. Savol: Muhabbat bilan kelyapsizlarmi?
Domla masalan o'nta o'qib kelasan dedi shu kitobni, o'n marta o'qib kelasan dedi. Xo'p, student o'qiyapti. Muhabbat bilan qilyaptimi yo so'kish eshitmasligi uchun qilyaptimi?
O'shaning uchun sunnatni o'qimasdan chiqib ketayotgan ukalar shu savolni beringlar o'zinglarga.
Agar sizlar bu ibodatni muhabbat bilan qilayotgan bo'lganingizlarda, sunnatni o'qimasdan chiqib ketmasdinglar.
Tasbeh va tahlil aytilayotganda odamlarni "ohlab ohlab" yelkasidan chiqib ketmasdinglar. Inson Allohga yuzlanadi, unga ibodat qiladi, Allohni yaxshi ko'radi. Agar Allohni tanisa, unga taslim bo'ladi. Allohga yuzlansa, Robbisiga yaqin bo'ladi.
Bugun nima nimani xulosa oldik? Kim o'zini tanisa, Robbisini taniydi. Aqli eng pishgan odam Allohni tanigan odam. Bu dunyoga kelishlikdagi maqsadimiz Allohni tanish. Allohni tanish o'zimizni tanish orqali bo'ladi. Inson o'zini tanisa, Robbisini taniydi. Robbisini tanisa, unga yuzlanadi, Robbisiga yuzlanadi Robbisiga yuzlansa, saodat topadi.