МуқаддимаQoralama28 daq

03.05.2021 3-QISM - MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA

Абдуллоҳ Домла · Нафсни поклаш

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko‘rsatilmoqda.
0:00
28:10

Va aytdik, Allohdan uzoq bo'lib, bironta odam bu dunyoda saodatli bo'lganmas. Allohdan uzoq bo'lib, bironta odam saodatli bo'lganmas va saodatli bo'lmaydi ham. Chunki insonning saodati Alloh uni yaratgan islomiy fitratda turishligi bilan bo'ladi. Baliq suvda yayraydi. Suvdan chiqarib, uni oltin ustiga qo'yib qo'ying, ipek yostiq ustiga qo'yib qo'ying, unda u rohat

olmaydi, o'ladi. U faqat suvda yayraydi. Xuddi shunga o'xshagandek, inson bolasining nafsi, inson bolasining borlig'i Allohni manhajida bo'lganda yayraydi. Undan chiqdimi? Hayoti shaqovatga to'ladi. Taklifotlar. Alloh azza va jalla siz bilan bizga koinotni berdi. Aqlni o'lchov qilib, tarozi qilib berdi. Mana shu aqlni birodarlar, ko'zga o'xshatsak bo'ladi. Ko'z har qancha

kuchli, har qancha o'tkir bo'lmasin, yorug'likka muhtoj. Agar yorug'lik bo'lmasa, ko'z ko'rmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek ham, insonni aqli har qancha pishgan, har qancha o'tkir bo'lsin, ilohiy nurga muhtoj bo'ladi. Aql bor va unga nur bor, ilohiy nur. Agar nur bo'lmasa, ko'z ko'rmagandek, ilohiy nur bo'lmasa, insonni aqli ham albatta adashib qolishligi

muqarrar bo'ladi. Aytdik ku, G'arb odamlari Alloh taolodan yuz o'girishdi. Allohni manxajini chekkaga surishdi. Aqlimiz bilan hamma yoqni topib olamiz deyishdi. Haqiqatdan texnikada, ilm fanda juda ham katta yutuqlarga erishishdi. Ammo o'zlarini kimligini unutib qo'yishdi. Nima uchun? Faqatgina aqlga suyanilganligi uchun. Aql bu o'lchov, tarozi, endi Allohning manxaji

mana shu tarozi uchun tarozi. Tushuntira oladimmi? Sizni aqlingizga kelgan gaplar, sizni aqlingizga kelgan fikrlar, o'zingizga kelgan bir hayollarni to'g'ri noto'g'riligini o'lchab beradigan Allohni shariat bo'lmasa, aql hamma narsani to'g'ri deb ketaveradi. Aql idrokiy quvvat, aql tarozi, shariat esa mana shu aql uchun tarozi. Tarozi uchun tarozi. Alloh azza va jalla

mana shularni hammasini siz bilan bizga berib turib, koinotni berdi, aqlni berdi, ixtiyorni berdi. Yana ham amallarimiz qadrliroq bo'lishligi uchun Alloh taolo tanlash ixtiyorni berib qo'ydi. Shahvatlarni paydo qilib qo'ydi bizda. Mana shu shahvatlarni, xohishlarimizni istaklarimizni jilovlab, sobir bo'ladigan bo'lsak, Allohni nazdida qadrimiz baland bo'ladi. Masalan, inson, a.

mana hozir zino qilishga imkoniyat yo'qda. Biz zino degan imtihondan o'tmayapmiz hozir. U qachon bo'ladi imtihon? Sizdan faqatgina rozilik talab qilib turilibdi. Muannas jinsidagi odam, xotin, gapni qisqasi, sizga o'zi moyillik bildirib turibdi. Hamma sharoitlar muhayyo. Sizdan rozilik talab qilindi. Mana o'sha momentda, ana shu daqiqada sizga zinodan imtihon turibdi. Tushunarlimi? Inson mana shu

Alloh paydo qilib qo'ydi. Shuni jilovlasak, o'zimizni shariat doirasidan chiqarmasak, qadrimiz yana ham ko'tariladi. Mana otamiz Odam alayhissalom Jannatda yaratib qo'ydi. Qovurg'asidan o'zini jufti, Havo onani yaratib qo'ydi. Mana Jannat sizlarga, xohlagancha yeb ichib, mana shu joyda yashanglar, faqat mana bu daraxtga yaqinlashmanglar dedi.

Ya'ni mana shu daraxt imtihon edi. O'sha daraxt kerak, birodarlar. Toki Odam alayhissalom ana shu o'zini nafsini jilolab, Allohni manhachida turish turmasligini nima qilsin? Sinovidan imtihonidan o'tsin. Agar siz bilan bizga gunoh massiyat qilishlikka maylni, ana shu gunoh massiyat qilishlikka iqtidorini bermaganida, nimadan imtihon topshirardik? Nimadan imtihon topshirar edik?

demak, taklifotlar insonning nafsiga teskari keladi. Shunda nafsini bo'g'gan, nafsini sindirgan odamga Alloh taoloning huzurida ulkan martabalar bor. Tabiati, taklifot. Mana shu ikkalasini o'rtasida inson yuksaladi yoki tubanlikka tushadi. Xo'p. Mana endi keyingi mavzuyimiz, agar Allohni tanimasang,

unga ibodat qila olmaysan. Inson kimni yaxshi ko'radi, bilasizmi? Tanigan kimsasini yaxshi ko'radi. Tanimagan odamni yaxshi ko'ra olasizmi? Yo'q. Masalan, bir yigit o'ttiz ga kirdi. Uylandi, oliy ma'lumotli bo'ldi, hunarli bo'ldi, jamiyatda unini topdi da, jamiyatni to'laqonli a'zosi bo'lib yashab turibdi. Bir dona farzandi. Shu payt u o'sha do'ktormidi

advokatmidi, ishxonasiga bir kishi keldi da (bir erkak bilan bir ayol kelib) aytishdiki, sen bizni bolamizsan dedi. Hozir sen ota onam deyotgan odamlar seni boqib olgan. Haqiqiy ota onang bizmiz dedi. Ya'ni sen tug'ilganingda, bizni boqishlikka imkoniyatimiz bo'lmaganda, mana shu er xotinni bolasi yo'q edi ekan, shunga berib ketganmiz dedi. Haligi yigit so'zni eshitdi. Borib turib, boyagi o'zini ota

ona deyayotganidan so'radi. Ikkita odam kelib menga shunaqa dedi. Bu haqiqatmi deganida ular: - "ha, Alloh bizga farzand bermadi. Shunda o'sha sen aytayotgan ikkita odam kelib bolasini berib ketgan edi bizga" dedi. Mana endi savol. Bu boqib katta qilgan ota onasi o'zini ota onasi emasligini bildi. Narigilarni o'zini haqiqiy ota onasi ekanligini bildi. Aytinglarchi, mana bu o'ziniki emas bo'lgan ota onani yaxshi ko'rib, ota onam deyatuvdi. Shularni

tanir edi. Endi darrov yomon ko'rib qoladimi? Narigilar o'zini biologicheskiy ota onasi ekanligini bildi. Darrov yaxshi ko'rib qoladimi? Nima uchun? Chunki narigi o'zini ota onasini tanimaydi, bu boqib olgan ota onasini taniydi. Xulosa, inson tanigan kimsasini yaxshi ko'radi. Inson Robbisini tanisa, keyin Robbisini yaxshi ko'radi.

ko'zgusi ekanini topasan. Uchinchi yo'l, bu Alloh taoloning fe'llari. Alloh taoloning qilgan ishiga qara. Kimni aziz qildi, kimni xor qildi? Kimni hayotda saodatli qildi, kimni baxtsiz qildi? Bularni bari Alloh taoloning fe'li. Imom G'azzoli, Allohni tanishlikda odamlarni uchga bo'ladi. Allohni taniydigan odamlar uchg'ul bo'ladi. Birinchisi,

Alloh taoloning maxluqotlarini tanigan inson, Alloh taoloning buyruqlarini tanigan inson va Alloh taoloning o'zini tanigan inson. Mana shu uchalasi haqida gaplashamiz. Uch xil odamni aytdik. Allohni maxluqotlarini tanaydigan inson, Allohning buyruqlarini tanaydigan inson, Allohni o'zini tanaydigan inson. Birinchisi, Allohning maxluqotlari haqidagi bilim.

Bu siz bilan bizning asrimizning ilmlari. Fizika, matematika, ximiya, biologiya, astronomiya, xullas embrilogiya. Bularni bari Allohning maxluqotlarini siz bilan bizga tanitadi. Mana shu dunyoviy ilmlar siz bilan bizni aqlimizni lol qoldiradigan darajada ilgarilab ketdi. Ana shu ilm bilan qarasak, akalar, avvalgi asrda yashaganlar siz bilan biz bilganchalik maxluqotlar haqida ilmi yo'q edi.

Mikroskop bilan ana shu hujjalani ichidagi tirik narsani ko'rsatyapti. Okeanni tagiga tushib, okeanni tagidagi jonivorlarni turmush tarzini ko'rsatyapti. Shu yashirib qo'yilgan kameralarni qo'yib turib, she'rlarni (yirtqich hayvonlarni) oilasida turib bo'layotgan ishini ko'rsatyapti. Siz bilan bizni asrimizdagi odamlar, Allohning maxluqotlari haqidagi ilmda avvalgi asrlardan ko'ra ancha peshqadam bo'lib ketgan.

"Va zallalnahoʻ lahum faminha rakubuhum va minha yaʼkulun". "Biz o'sha hayvonlarni ularga bo'ysindirib qo'yganmiz, ana ularning minadigan narsalari ham o'sha hayvonlardandir, yeydigan narsalari ham". Demak, birinchi ilm qaysi ilm ekan? Mahluqotlarni sizga tanitadigan ilm. Bu dunyoviy fanlar. Ikkinchisi, Allohning buyruqlari haqidagi ilm. Farz bor, vojib bor. Sunnat bor, muboh bor. Makruh bor, harom bor. Bu shar'iy ilmlar.

Buni qanday o'rganamiz? Birinchi ilmni universitetga borishimiz kerak, maktabga borishimiz kerak, kitob o'qishimiz kerak, mutolaa qilishimiz kerak, qoladi kallada. Endi ikkinchi, Allohning buyruqlari haqidagi ilmga ham xuddi shu narsa kerak. Kitob kerak, domla kerak, yodlash kerak, ekzamen topshirish kerak. Bu ilmni ham asari qayerda qoladi? Miyada qoladi. Endi uchinchi ilm Allohning o'zi haqidagi bilim.

Allohning o'zi haqidagi bilim. Biz yuqoridagi ikkita ilmni o'rganishligini yo'li bir xil ekanligini aytdik. Allohning maxluqotlari haqidagi fizika, matematikani o'rganish, Allohning buyruqlari haqidagi shar'iy ilmlarni o'rganishlik bir xil. Kitob bilan, o'qish bilan, domla bilan, ekzamen bilan bo'ladi. Va bu ikkala ilmning samarasi natijasi odamni miyasida qoladi. Endi Allohni o'zi haqidagi ilmchi. Allohning

o'zi haqidagi ilm, bu ilmning xos tabiati bor. Imom G'azzoli aytadi: "Jahid tushahid" (Harakat qil, ko'rasan). Birinchi ikkita ilm uchun kitob, domla, madrasa, takrorlash, yodlash, ekzamen. U mana bu yerda qoldi, kallada qoldi. Endi Alloh taoloni o'zini tanishlikni o'rgatayotgan ilmga joningni qiynaysan.

Nafsingni bo'g'zidan olasan, hohlamayotgan ishga majbur qilasan, haloyiqqa xizmatga burasan, nafsing xohlayotgan ishlardan nafsingni tiyasan, jiddu jahd qilib, keyin ko'rasan. Jahid tushahid. Harakat qil, jonni qiyna, keyin ko'rasan. Biz Alloh taoloni siz bilan bizga qanday zot ekanligini tanitadigan ilm oldida turibmiz. Bu ilmni olishlik uchun faqat kitob,

faqat domla, faqat takror kifoya qilmaydi.

nima kerak bu ilmga ega bo'lishlik uchun? Ko'zni tiyish kerak, luqmani halollash kerak, nafsni jilovlash kerak, a'zolarni gunohdan tiyish kerak, yaxshilik qilishlikka, infoq qilishlikka, ya'ni jonimizni qiynashimiz kerak. Joningizni qiynaysiz, keyin Alloh taolo bu ilmni berar ekan. Uzoqmiz-a biz bundan? O'shaning uchun bizni jasadlarimiz namoz o'qiyapti, lekin nafsimiz, qalbimiz namozda emas.

Endi latifa, biroz kulib olasizlar. Chunki o'shanaqa qilib turmasak bo'lmaydi. Bir benamoz boy katta pulini bir joyga qo'yib, esdan chiqib qolibdi, qayoqqa qo'yganini bilmasdan. Benamoz, dinsiz boy. U qilibdi, bu qilibdi, topa olmasmish. Baxshiga boribdi, topib bera olmabdi. Koqinga boribdi, topib bera olmabdi. Xullas, ekstrosensga boribdi, topib bera olmabdi. Variant qolmabdi. Lyuboy variantni qiladi, chunki nima yo'qolyapti?

qorakaga bor debdi. Qoraka maslahat beradi debdi. Desa, qorakaga kepti. Qoraka qarab turib, hech kim topib bera olmayapti desa, bo'pti, Alloh diliga solar. Yuz rakat namoz o'qiysiz. Yuz rakat namoz o'qigandan keyin duo qilasiz, Alloh bir qalbingizga soladi debdi. Xullas, ertasi kuni haligi boy topdi pulini. Sovg'ani ko'tarib, bir qandaydir qismini ko'tarib kepti. Domla rahmat, mana sizni maslahatingiz bilan pulimni topdi, mana uni oling mendan hadya debdi.

chunki u namoz o'qishdan maqsadi pulini topish edi. Qorako aytgan ekan, ha, o'zi men aytuvdim, shayton senga bir raket ham namoz o'qitmaydi deb. Xo'p, namozga keldik. Nima uchun? So'raylar o'zinglardan.

cha namozga turdingiz, nima uchun? Alloh farz qilgan, o'qimasam do'zaxga kiraman deb keldingiz. Bu bitta variant, qulni ibodati. Yoki ikkinchi variant, men namoz o'qisam Alloh menga jannatni beradi deysiz. Bu savdogarni varianti. Ibodat uch kunda, qulni ibodati bor, savdogarni ibodati bor. Jazodan qo'rqib turib qilingan ibodat, xuddi qul saylidan qo'rqib, xizmat qilgandek. Do'zaxdan qo'rqib qilingan ibodat, qulni ibodat.

ibodati. Jannatdan umid qilib qilingan ibodat, savdogarning ibodati. Endi uchinchisi, oshiqning ibodati. Oshiq, oshiq Allohni taniganligi u uchun mukofot. Allohni taniganligi, unga quvchilik qilishlikka, Alloh hidoyat imkoniyat berganligi o'zi mukofot. O'shaning uchun namozi mukofoti uchun. Mana endi jaynamozga, masjidga kelayotganda, nima deb kelyapsiz?

jasadlarimizni tarbiya qildik, alhamdulillah. Sunnatni amal tadbiq qilyapmiz, ro'za tutyapmiz, namoz o'qiyapmiz, ko'zimizni tiyapmiz, ammo nafs tarbiyasi, xalq tarbiyasi haqida hali gaplashmabmiz. Tasavvuf ilmi haqida gaplashmabmiz. O'shaning uchun abu hanifa nomonimni sobit bir kecha turib, namozni, bir kechani o'sha bitta tahorat bilan o'tkazib yuborardi uxlamasdan. Chunki kecha

da namoz o'qishlik bu kishilarga mehnat mashaqqat emas edi. Ularga huzur halovat edi. O'shaning uchun ularni tomonlari yorilib ketish uchun namozni turganligi kitoblarida yozilgan. Nafs tarbiyasida, jonimizni tarbiyasida, qalbimizni tarbiyasida biz hali ancha orqadamiz birodarlar. Bandaning robbisi bilan bo'lgan aloqasi. Qod aflahaman zakkaha. Dar haqiqat uni

bunaqa ahvolida u bilan robbisini o'rtasida aloqa paydo bo'lmaydi.

ana shu aloqa paydo bo'lmas ekan, bu odam dindan ko'zlangan samarani ololmaydi.

bu odam uchun din harakatlar yig'indisi bo'lib qoladi.

namoz marosim, yotib turish, ro'za marosim, yemay ichmay qo'yish, zakot haj, pul saplab birga borib kelishlik marosim, o'rgangan ilmi,

bo'lsa informatsiya bo'lib qoladi. Mana shu narsa bo'ladigan bo'lsa, inson malollanadi. Shu malollanishlik his qilganmisizlar o'zinglarda? Qandaydir zerikishda? Ha, o'n besh mahal namoz. Doim zikr, doim ramazon, doim tarafi. Mana shu zerikishlik yaxshilikda alomat emas. Banda, jahid, tushaxid. Joningni qiyna, nafsingni jilovla,

kusala, yurauna nasa, vala yadkuruna loyi illa qolila. Munofiqlar Allohni aldamoqchi bo'ladilar. Qachon namozga tursalar, dangasalik bilan xo'jako'rsunga turadilar va Allohni kamdan kam yodga oladilar. Qarang, munofiqlar ham namoz o'qigan. Idha qovmu, qovmu kusala. Agar namozga turishsa, yalqovli bilan turishadi.

xo'ja ko'rsunga o'qishadi va Allohni juda ham og'zi eslashadi.

dunyoni dunyo hayotining eng pishgan, yetilgan mevasi bo'ladi. Dunyoni hamma ikki chikiridan, g'alaba g'isavasidan zerikkaningdan keyin, to'yganingdan keyin, g'am qayg'ularidan, nafsingga xotirjamlik keladi. Alloh seni yaxshi ko'rishini his qilasan. Alloh sendan rozi bo'layotganligini bilasan. Nafsing yuksaladi, qalbing tozalanadi. Birovga hasading yo'q, birov bilan urishmaysan, talashmaysan, g'iybat shikoyatga o'g'ling yo'q, ikkiyuzlamachilik yo'q, xiyonat yo'q.

yolg'on yo'q, gina kuydorat yo'q, pokiza qalbing.

nima amalingiz bor? Nima amalingiz bor desa, hech qanaqa amalim yo'q. Siz ko'rgandan boshqa. Ha xo'p deb ketayotganda to'xtang dedi. To'xtang birodar. Bitta narsa bor dedi. Men tong otirar ekanman, kech kirgizar ekanman, bironta mo'minga nisbatan qalbimda gina kuduratim yo'q dedi. Qalbni, musulmonlarga nisbatan musaffo bo'lishligi, umuman insonni qalbini toza bo'lishligi, jannatiy bo'lishligi kifoya qilyapti.

bizda shu qalb bormi yo'qmi? Biror marta totib ko'rganmisiz mana shu qalbni musofi olayga qanaqa bo'lishini?

jahid to'shahid. Harakat qil. Jonni qiynay, nafsga, yoqmaydigan ishlarni majbur qilib qil. Ko'rasan. Agar zehn zakovatingiz o'rnida bo'lsa, Allohni buyruqlarini o'qib o'rganishingiz mumkin. Agar xotirangiz mustahkam bo'lsa, dunyoviy ilmlarni o'qib o'rganishingiz mumkin. Ammo robbingiz sizga, qalbingizga nazar solishini xohlasangiz, qalbingiz