MMaviza
RostgoʻylikQoralama16 daq

51-QISM / ROSTGOʻYLIK (4/7) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
16:17

bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Assalomu ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar, rostgo'ylik manzillatini qo'yayotgan edik, davom etamiz. Ikkinchi oyat. Astaydi billah. Vo qur robbi adixilniy mudixala sidqin.

ayting, parvardigorim, meni haqqa rost, doxil qilgin. Ya'ni niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda doxil qilgin. Bu juda ham bir nozik va xatarli mavzuni o'z ichiga oladi. Darsimizni mavzusi rostgo'ylik. Avvalgi darslarimizda aytdik, inson hayotda erishmoqchi bo'lib, harakat qilib, nimani qo'lga kiritgan bo'lsa, buni orqasida rostgo'ylik turadi. Endi bir

inson bir narsaga erishmoqchi bo'lib harakat qildi yu, lekin qo'lga kiritolmadi. Demak, shu qo'lga kiritolmasligini sababi, shu ishda u odamni rozgo'ymasligi. Rozgo'ylik, bu hamma narsa. As sidqu manja. Rozgo'ylik najotga yetaylik. Oyatni to'liq o'qiymiz. Astaydi billah. Vo qur robbi adiqilniy mudixala sidqin, vo axri jiniy muhoraja sidqin, vo jaali

min la dunka sultona nasiro. Va ayting, parvardigorim, meni haqqi rost, ya'ni niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda doxl qilgin va haqqi rost, niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda chiqargin. Hamda men uchun o'z dargohingdan bir madadkor quvvat ato qilgin. Parvardigorim, meni haqqi rost doxl qilgin. Bu nima degani?

bu oyatda nimani tushunamiz? Tijoratga kirishding, jamiyaga kirding, safarga chiqding, nikohlanding. Demak, shu ishlarni ichiga kirding. Sen shu ishlarni ichidasan. Endi mana shu ishlarni ichiga kirayotganingda, shu ishga kirishayotgan paytingda aytgin ki, meni haqqa rost, doxil qilgin. Mana shu ishga kirishda niyatim to'g'ri bo'lsin, rost bo'lsin. Shunday holatda kiray.

bu bir narsaga kirishlikda, haqqiroz kirishlik qanaqa bo'ladi? Ulamolar aytishadi, shu ishlarga kirishayotganing Alloh uchun bo'lsin. Mana shu ishga kirishlikdan maqsading Allohni roziligi bo'lsin. Allohdan madad tilagan holingda kir. Allohning amri bilan kir. Allohni buyruqlarini bajarish uchun kir. Xullas, Allohning roziligi uchun shu ishga kirish.

tijorat bo'lsin, sport bo'lsin, uylanish bo'lsin, ilm bo'lsin, shu ishga kiryapsanmi? Niyating haqqa rost bo'lsin. Alloh uchun bo'lsin. Mansabga o'tiryapsan, safarga chiqish arafasidasan. Umuman qaysi ishga kirishma, niyating haqqa rost bo'lsin. Ya'ni Alloh uchun bo'lsin. Va adhinning muddixalasi idhqiyin. Endi, mana shu ishga kirding, bu ishni ichidasan,

endi bu ishdan chiqib ketish ham bor. Kiryayotganingizda, haqqa rost kirishingizni Allohdan so'raganingizdek, endi bu ishdan chiqib ketishligingiz ham haqqa rost bo'lsin. Va axrejniy muhoraja sidqing. Va haqqa rost, ya'ni niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda, bundan meni chiqargin. Bu nima ma'nosi qanaqa? Kirishingiz haqqa rost bo'ldi. Chiqishingizchi?

kirishingiz haqqi rost bo'lgan bo'lsa yu, chiqishingiz shunday bo'lmagan bo'lsa, demak bu ishni yutkazibsiz. Chunki bir ishga qanday kirish muhimmas. Muhimi qanday chiqish. Dunyoda qanday yashaganligingiz muhimmas. Dunyodan chiqib ketayotganda qanday chiqishingiz muhim. Chunki bir inson umrini katta qismida iymon, e'tiqod, taqvoda yashab turib, dunyodan chiqib ketayotganda fisqu fujurida chiqib ketishi mumkinmi? Mumkin.

aksincha, umrini katta qismida fisq fujur, gunoh mansiyatda o'tadi da, dunyodan chiqadigan payt kelganda, umrini bir yili olti oy qolganda, taqvoda, ibodatda, masjidda, zikrda bo'lib qoladi. Ha ma'no bu odam yutdi. Shuning uchun, parvardigor meni haqqiroz holimda kirgizgin va haqqiroz holatda nima qilgin? Chiqargin. Bir odam Alloh bilan bir ishni boshladi, Alloh uchun boshladi, Allohni rizosi uchun boshladi.

uchun boshladi. Yaxshi bo'ldi. Vaqt o'tdi, ishi yurishdi, hurmati oshdi, qo'lida katta boylik yig'ildi. Endi qanaqa bo'ladi? Endi niyat qanaqa bo'ladi? Bu ishga kirishayotgan paytdagi niyati bilan turadimi? Yo unutib qo'yadimi? Demak, agar unutib qo'ysa, nima deydi, bir mansabga o'tirayotganda yaxshi niyat bilan o'tiradi. Mana shu xalqimga foydam teyadi, xalqni qiyinini yengillashtiradi.

man, og'irini yengil qilaman, mashaqqatini bir oson qilaman deb kirishadi da, mansabga o'tirgandan keyin, kursiga o'tirgandan keyin, qo'lida ovvol bo'lmagan dunyo, qo'lida ovvol bo'lmagan mansab yig'ilgandan keyin, esdan chiqarib qo'yadi. Demak, ishiga rostgo'y holida kirdi, endi undan kazzob holida chiqdi. O'shaning uchun aytdik da, bu eng xatarli o'rin deb. Bu oyatda muhim va xato

lararli mavzu ko'tarilayapti. Kirayotganda qanday pokiza niyat bilan kirgan bo'lsangiz,

rostgo'y bo'lib, chiqayotganda ham shunday chiqing. Demak, ulug'vorlik, rostgo'ylik bir ishga qanday holda kirishing emas, balki undan qanday holda chiqishingda ekan. Arablarni daholaridan hisoblangan ikkita sahoba. Muvvv etib nabi sufyon va amr ibn al o'z.

diyallohu anhumo. Ikkalasini ham arablar daholardan deb sanashgan. Ikkalasi suhbatlashib o'tirar ekan, muaviyatulloh abu sofyon, mana xalifa bo'ldi keyin. E amr dedi, seni daholiging qay darajada? Amr binos javob berdi. Vallohi, men qaysi bir ishga kirishgan bo'lmay, agar undan chiqib ketishga majbur bo'lib qolsam, albatta chiroyli suratda yo'l topib chiqib keta olaman.

bir ishga kirishdim, endi chiqib ketishga majbur bo'lib qoldim.

aqlli odam. Endi dono odam qanaqa bo'lardi? Ana shu muammoga, ana shu qiyin ishga kirmanglar qo'yadi. Ma'qulmi? Demak, boshlash, kirishish oson, yaxshi niyat bilan. Ammo yaxshi niyat bilan kirishgan ishingizni, yaxshi niyat bilan, chiroyli sur'atda, haqqiroz tugatishlik qiyinroq bo'ladi. Bir fosil kishini tasavvur qiling, fisq hujurida, ma'siyatda yurar edi.

keyin tavba qildi. Solih odamlarga qo'shildi. Ilm majlisiga qatnadi. Bir oy, ikki oy qalbi yayrab, yashnab, tozalanib, to'g'ri yo'lga qaytganidan bir terisiga sig'may quvonib yurdi. Bir muddat. Keyin nima bo'ldi? Qalbidagi mana shu o't sovudi. Yana havoyi nafsiga berildi. Yana fisq yo'liga qaytib ketdi. Demak, yaxshi kirgan edi.

haqqa rost kirgan edi, lekin haqqa rost chiqa olmadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, va anna ahabbal amali ilallohiy adwa muha va inqalla. Alloh taologa amallarni ichida eng mahbubi davomiy bo'lgani, garchi ozroq bo'lsa ham. Ozroq bo'lsa ham, davomiy bo'lgan ish Alloh taologa ko'proq yoqadi. Bir marta ming so'm berib qo'yib, keyin to'xtab qolgan ishni

undan ko'ra har kuni o'n so'mdan berib turgani yaxshi. Ilm majlisiga kelding, niyat qilding, niyating yaxshi bo'ldi. Allohni rizosi uchun bo'ldi. Endi sobit bo'l, davomiy sur'atda kelib tur. Agar shunday qilsang, ilm majlisiga davomiy sur'atda kelib turadigan bo'lsang, Alloh seni ilm bilan siyli edi. Ilm bilan ikrom qiladi. Senga hikmatni beradi. Amalinga

mavfi qilib beradi. Fe'li atvoring, xulqing isloh bo'ladi. Bitta shart. Davomiy bo'l. Davomiy bo'l. Oilangga, molingga, umringga baraka beradi. Seni hamma ishlaring Alloh taoloning zimmasida bo'ladi. Agar mana shu ilm majlisida nima bo'lsang, sobit bo'lsang. Odam bolasi odatda bu dunyo hayotini oxirat hayotidan ustun qo'yadi.

chunki dunyo hayoti naqd turibdi da ko'zida. Oxirat hayoti nasiya. Oxirat hayoti nasiya, ko'rinmayapti da. Endi kim mana shunday e'tiqodda kun kechirsa, dunyo hayotini oxiratdan ustun deb bilsa, afzal deb bilsa, dunyo hayotini ham, oxirat hayotini ham boy beradi. Ammo kim oxirat hayotini dunyodan ustun qo'ysa, ikkalasida ham savdoda.

odatga erishadi. Oyatni bir o'qib qo'yamiz. Va ayting, parvardigorim, meni haqqa rost holda doxil qilgin va haqqa rost holimda chiqargin. Hamda men uchun o'z dargohingdan bir madadkor quvvat apo qilgin. Kelishayotganda haqqa rost niyat bilan keling, Allohdan so'rang. Shu ishdan chiqib ketayotganda ham haqqa rost chiqishligini Allohdan so'rang. Taravaga kelayotgan

da, biyil xudo xohlasa, necha kun? O'ttiz kun to'liq tarafidan kanda qilmasdan qatnashaman deb niyat bilan kirdik. Mana turibmiz. Uchdan biri o'tdi. Mana endi uchdan ikkisi qoldi. Kirayotganda, haqqa rost niyat bilan kiraylik ekan. Chiqayotganda ham haqqa rost niyat bilan chiqaylik ekan. Bunga Allohdan tavfiq so'raylik. Agar Alloh tavfiq bermasa, eplolmaymiz ekan. Uchinchi oyat.

astaydi billah, vojali lissani sidqin fil axirin. Ibrohim alayhissalomning duosi. Shuaro surasida Alloh taolo shunday deydi, ibrohim alayhissalomning tilidan. Vojali lissani sidqin fil axirin. Yana men uchun keyin kelguvchi kishilar o'rtasida rost maqtovlar qilgin. Mana ibrohim alayhissalomning shu duosi ijobat bo'ldi. Keyin kelgan musulmonlarni o'rtasida

da rost maqtovlarni Alloh taolo berdi bu ulug' payg'ambarga. Ismi shunaqa ko'p zikr qilinadi, ibrohim aleyhi salomga har kuni solovatimizda bir mana har namozimizda solovatimizda ibrohim aleyhi salomni ismi bor. Demak Alloh taolo bu kishi uchun keyin kelgan kishilarni tilida rost maqtovlarni qildi. Bir narsaga rostgo'y holda kirish bor, undan rostgo'y holda chiqish bor. Tijoratga kirishdik.

sheriklik qildik, sheriklar bilan va'dalashdik. Yolg'on bo'lmaydi. Riboga aralashmaymiz. Aldash yo'q, go'zal. Chiroli suratda haqqiroz niyat bilan kirdik. Keyinchi, tijoratimiz kengaydi, foyda ko'paydi. Endi boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilish kerak bo'ldi. Safar qilishni boshladik. Hashamatdor otellar, bog'iroqlar, o'yin kulgullari boshlandi.

xoya havasga, kayfi safoga berildik, halol halomga e'tibor bermay qo'ydik. Tijoratga yaxshi niyat bilan kiruvdik, endi chiqishimizda unday bo'lmay qoldi. Tolib ilm. O'zini do'stiga aytyapti. Birodar, men ilm talabida safarga chiqaman. Falon mamlakatga boraman, g'ayridinlarni yurtiga. Musulmonlarda bo'lmagan, yo'q bo'lgan ilmni olib kelaman. Shu ilmni olib kelamanda, musulmonlarga foydam tegadi dedi.

akalla. Yaxshi niyat bilan kirishyapti. Rostgo'y holida safarga ketyapti. Ammo yillar o'tgandan keyin qaytib kelishi qanaqa bo'ldi? U ham haqqi rost bo'ldimi? Yo'q, unaqa bo'lmadi. Boshqacha odam bo'lib keldi. Dindan foyda yo'q. Bu ummat qoloq, narigilar yaxshi degan xulosalar bilan keldi. Ona ular taraqqiy topgan, peshqadam har sohada,

musulmonlardan hamma tomondan ustun deb ularni maqtab, o'zini ummatini yomonlay boshladi.

ketayotganda yaxshi niyat bilan ketdi, qaytishi boshqacha bo'ldi.

ana shu maqtayotganlarni haqiqiy ahvolini unutib qo'ydi. U yurtlarda zino yoyilganligi esdan chiqdi. Haromiyati ko'pligi, erkak bilan xotinni farqi bo'lmay qolgani, erkak o'zini ayol deb, ayol o'zini erkak deyishgani,

jinsini o'zgartirayotgani, nasl nasablarda aralashib ketgani, bularni unutib qo'ydi. Uni ko'ziga faqatgina baland imoratlar, tekkis yo'llar, qimmat mashinalar, katta maoshlargina ko'nodiyo bo'lib qoldi. Ketayotganida bir xil odam edi, qaytayotganda boshqa odam bo'lib qoldi. Ilm olish niyatida ketuvdimi? Mana endi musulmonlarga qarshi bo'lib keldi. Ketishida rostgo'y edi, qaytishida kazzob bo'lib keldi. Ustoziga aytib

aytyapti bir tolib ilm, safarga ketyapman, duo qiling. Falon mamlakatga borib, bizda yo'q ilmni olib kelib, ummatga foydam teyadi, devdi. Ustozi nima deb duo qildi? Alloh seni sobit qilsin dedi. Nimaga bu duoni qildi? Nimaga boshqa so'zlarni aytmadi? Chunki bu ustozi bunaqa holatdan ko'plariga avvalo guvoh bo'lgan. Mana shunaqa niyat bilan ketib, qanchalari xoli, o'zgarib ketganligini ko'rgan. Shuning uchun nima dedi?

Alloh seni sobit qilsin dedi. Bu talabani qanday holda ketishi muhim emas, qanday holda qaytib kelishi muhim. Demak, birodarlar, bizda rozgo'ylik kirishi bor, rozgo'ylik chiqishi bor. Rozgo'ylik kirishi Alloh uchun, Allohning amri bilan, Allohni roziligi uchun. Qaytishi ham shu bilan bo'lishligi kerak. Tijorati ham, uylanishi ham, safari ham, harakat

sakaloti ham hammasi Alloh uchun. Aqlu qovli ha da, va astag'firullohu aliyvalakum, innallohu va malakatuhu yusalluna ala nabiy, ya ayyuhal latihna a'manu, sollu alayhi va sallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.