bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Va salatu va salamu alayhi sharafil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'ti. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu. Tazkiyatu nafs, nafsni poklash darslarimizdan birodarlar, sakinat manzillatini boshlaganidek, davom etamiz. Uchinchi oyat. Astaidu billah.
hu allaviy anzalasi sakkina fiy qulubi'l mo'mineen, liyazdatu imanam ma'iimanihim, va lillahi junudus samavati va l'od va kan Allohu alayhi man hakimani. Mana Alloh azza va jalla qur'onda bir qancha oyatlarda sakinat haqida siz bilamizga xabar berdi. Sakinat bu qalbning xotirjamligi. Sakinat mavohiblardan dedik, makosiblardan emas. Makosib banda
o'zi mehnat qilib, harakat qilib qo'lga kiritadigan narsa bo'lsa, makosib undan balandroq narsa. Bandaning qilgan mana shu sa'ya harakati uchun Alloh taolo mukofot tariqasida beradigan narsa, mabohim deyiladi. Sakinat ana shu makosiblarning samarasi. U Alloh o'z iymon ishonchlariga yana ishonch qo'shishlari uchun mo'minlarning dillariga sakinat, orom tushirgan zotdir.
osmonlar va yer qo'shinlari yolg'iz Allohnikidir, Alloh bilim va hikmat egasi bo'lgan zon. To'rtinchi oyi, istadvillar. Laqodirodiyallohu anil mu'minina id yubayyaunaka taxtash shajara. Fa'limama fi qulubihim, faanzalas sakkina ta'lihim va athabahum fathan qoriyba. Fath surasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mana sahobalar xudoybek kunida
daraxt ostida bayat berishdi. Mana ular haqida Alloh taolo xabar berib aytadi. Ey muhammad alayhissalom, dar haqiqat Alloh, mo'minlardan, ular daraxt ostida sizga bayat qilayotgan vaqtlarida rozi bo'ldi. Bas, u zot ularning dillaridagi narsa, sadoqat va vafoni bilib, ularga sakinat va orom tushirdi. Va ularni yaqin g'alaba va o'zlarigina oladigan ko'pdan ko'p o'ljalar bilan
mukofotladi. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo'lgan zot.
saxobalarni qalblaridagi sadoqat vafoni Alloh ko'rdi, ularni qalblariga sakinatni tushirdi. Mana ko'ring, ana shu payg'ambarga bo'lgan vafosi va sadoqatiga mukofot qilib Alloh sakinatni tushirdi. Aytyapmiz ku, banda u sakinatni o'zi harakat qilib, sa'y harakati bilan, mehnati bilan qo'lga kirita olmas ekan. Sakinat Alloh tomonidan beriladigan mukofot. Kechagi darsimizda sodda qilib tushuntirdik. Bandani qilgan amallari
agar Alloh taolo beradigan savob, ajr bu ishchini ishlagan oliy maoshi bo'lsa, endi mavohib o'sha ishchini ishlagan oyigidan tashqari ustiga beriladigan mukofoti, premyasi o'zbekcha qilib aytganda. Demak, mavohib bu makosib emas. Beshinchi oyat. Astag'firulloh.
Alloh o'z payg'ambarining va mo'minlarning ustiga o'z sakinat oromini tushirdi. Demak, sakinat Alloh tomonidan keladigan mukofot bo'ladi. Bu oyatlarda hammasida sakinat haqida so'z ketdi.
ma'aymana, ma'aymanihim. Qur'on ikkarimda bir mavzu haqida so'z ketdimi? Demak, bu mavzu hazilakam mavzu bo'lmaydi. Sakinat haqida bir qancha oyatlar tushdimi? Demak, bu hazilakam mavzu emas. Bu oyatlar hammasi qanday holatda nozil bo'ldi? Qanaqa shart sharoitda? Rasululloh va mu'minlarni ustlariga qo'rquv, iztirob, xavotir,
mashaqqat yog'ilib turgan paytda. Tushunarlimi? Sakiynat qachon tushar ekan? Mo'minni qalbida shu xotirjamlik yo'q bo'lib, qo'rquv iztirob bo'lib turgan paytda Alloh tomonidan mukofot bo'lib tushar ekan. Bu oyatlarni birlashtiradigan bitta narsa, mo'minlarni ustiga mehnat, mashaqqat, qiyinchilik yog'ilib turgan paytda Alloh ularga sakiynatini yuborishiga xabar berilyapti. Endi inson dunyoda yashar ekan, albatta ustiga
ga bir musibatlar keladi. Qiyinchiliklar, mashaqqatlar. Mana shunday holatda inson o'zini yo'qotib qo'yadi. Istirobga tushadi. Dovdirab qoladi. Mana shunday holda nima ish qilish kerakligini bilmay qoladi. Ammo mo'min mana shunday holatda robbisi tomonidan yuboriladigan sakinatga ega bo'ladi, u xotirjam bo'ladi. Mana shunday bir mashaqqat, qo'rquv, xavotir vahima kelgan paytda, mo'min banda
Allohga qanchalar yaqin bo'lsa, islomida iymonida qanchalar mustaqil bo'lsa, taqvosida qanchalar mustahkam bo'ladigan bo'lsa, shunga yarasha Alloh taolo unga sakinatni tushiradi. Xotirjam bo'ladi. Kim aytgani bo'ladi deydi? Alloh aytgani bo'ladi deydi. Hammani boshini qo'tirib qo'ygan, hayron qoldirgan, aqllarni qulf bo'lib qo'yadigan balolar, musibat kelganda, musibatlar kelganda, Alloh o'zini mana shunday
aqvoli mo'min bandasini qalbiga sakinatni tushiradi. Ana shu sakinat sababli mo'min xotirjam turadi, dovdirab qolmaydi. Mana, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hijrat kunini eslaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'n dan ortiq sababni qilib, essalomu alayhi madinaga yetib olishlik uchun o'n dan ortiq sababni qildilar, g'orda o'tiribdilar. Lekin bu sabablarni bittasi ham foyda qilmadi. Quraysh
g'ordi oldiga bordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va abu bakr siddiq radiallohu anhu, ularni oyoqlarini ko'rib turishar edi. Shunda abu bakr siddiq xavotirga tushdi, yig'ladi. Nima deydi, nimaga yig'layapsiz ey abu bakr? Yo Rasululloh, agar engishib, bittasi oyog'ini tagiga qaraganida, bizni ko'rib qolar edi. Payg'ambarimiz nima dedilar? Mana Alloh tomonidan tushirilgan sakinatki,
bihi la taqzan. Innalloha ma'na. O'shanda o'zining sohibiga aytgan edi, mahzun bo'lmang, zero Alloh biz bilan birgadir. Mana haqiqatdan qo'rquv holati. Xavotir. O'nta odammi, yigirmata odammi mushriklar chiqib g'orda oldiga kelishdi. Izilar shu g'orga kirib ketayotganligini ko'rishdi. Lekin bittasi engashib qaramadi. Mana shunday bir xatarli holatda qalbida
sakinati bor payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zini hamrohini nima qilyaptilar? Tinch deyaptilar. Xotirjam bo'ling. Ma zonnuka ya abobakir beisinayin Allohu sa'lisuhuman. Uchinchi sheriga Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz ey abobakir? Ana sakinat. Qandoq kuni? Hunayn kuni. Xudoybiy kunlari. Bularni bari musulmonlar uchun mashaqqatli, iztirobli, qo'rquvli kunlar edi.
shiddatli kunlar edi. Alloh hammamizni o'zini ofiyatdan saqlasin, lekin bandamiz boshimizda har xil kunlar bor. Mabodo mana shunday bir mashaqqatli, qo'rquvli kunlar kelib qoladigan bo'lsa, agar biz mo'min bo'ladigan bo'lsak, chinakam mo'min bo'ladigan bo'lsak, Alloh tomonidan albatta sakinat keladi. Qalbimiz xotirjam bo'ladi. Birodarlar, biz namoz haqidagi ilmni bir o'rganamiz, bo'ldi. U o'zgarmaydigan ilm.
sarb nahu arab tili grammatikasini o'rganamiz, bo'ldi, qiyomatgacha bir xil turadi. Ro'zani fiqhini o'rgandik, zakotni fiqhini o'rgandik, tamom. Bu o'zgarmay bir xil turadi. Ammo birodarlar nafs tarbiyasi, qalb tarbiyasini ilmi juda ham muhim. Chunki qalb bir xil turmaydi hech qachon. Doim nima bo'lib turadi? O'zgarib turadi. E o'zi chi, bu nafs tarbiyasi bilan qalb
tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanaman degan odamga judayam oson retsepti bor.
nachalnik uzilib tushmaydi. Endi o'sha chet eldan usha olmagan, nafsini gapiga kirgan odam shattarib chiqib ketaveradi. Lekin urishmayapmiz, kelganlarga rahmat, sakkiz raketga bo'lsa ham, kecha ham aytdim bu narsani. Faqat endi o'sha sakkiz raketga loyiq ekansizlar, u yog'iga tura olmayapsizlar. Endi yigirma rakat turganlar, shunga loyiq bo'lganligi uchun turibmiz emas, yo'q. Alloh bizni shu yerda turg'izib qo'yyapti. Alloh shu yerda turadigan quvvatni beryapti, sakinatni beryapti, turibmiz.
tushundinglarmi ukalari? Nafsni tarbiyasini formulasi juda ham oson. Agar ikki og'iz gap bilan gapirish kerak bo'lsa, u xohlayotgan ishni qilmaysiz, xohlamayotgan ishga majbur qilasiz. Bo'ldi. Bir kun qiynalasiz, ikki kun olishasiz nafsingiz bilan, uch kun olishasiz shaytoningiz bilan, keyin nafs ko'nikib qoladi. To'g'rimi sigaret tashlagan akalar? Uch kun, to'rt kun qiynalgansizlar, keyin nima bo'ldi? Ana shu sakinat birodarlar.
bizni Allohga bo'lgan iymonimiz, ixlosimiz va istiqomimizga bog'liq bo'ladi. Shuni unutmaslik kerak. Qanchalar Alloh yaxshi ko'rgan taqvoli banda bo'lasiz, shu sakinat shuncha ko'proq tushadi sizga. U sakinat kimga beriladi? Rohatli, yengil, oson kunlarida Allohni tanigan mo'minlarga. Yengil, farog'atli kunlarda Allohni tanigan bandalarga
lar bunaqa bandalarni ustiga mashaqqat kelsa, shu kunlarda Alloh taolo ularni taniydi, biz aytayotgan sakinatni beradi. Hadis sharifda aytilganidek, yengil kunlaringda Allohni tanigin, yengil kunlaringda Allohni tanigin, yaxshi kunlaringda, mashaqqatli qiyin kunlaringda Alloh seni taniydi. Allohga inobat qilish degani, Allohga qaytish degani. Allohga iltijo qilish degani, Allohga yolvorish degani, inobat.
inobat ikki xil bo'lar ekan. Rububiyat inobati, ulug'iyat inobat. Rububiyat inobatini hamma qilar ekan. Momimmi, kofirmi, erkakmi, ayolmi, olimmi, omimi, boymi, kambag'almi, millati irqi, qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar odam zoti borki, rububiyat inobatini qiladi, iltijosini. Qachon qiladi? Samolyot silkinishni boshqa qiladi.
ishlaganda atiys ham nima deydi? E rob deydi. Kemaga chiqib, katta to'lqinlarga kema urilib, chaqalib, to'ntalib ketishiga xavotir bo'lganda e xudo deydi. Atiyslik ham esdan chiqib qoladi, mulhidligi ham yoki dinsizligi ham. Bu majburiyatdan da. Allohni tanimaydi, lekin boshiga musibat tushganda Alloh deydi. Endi ulug'iyat inobat qanaqa bo'ladi? Yengil kunlarida ham Allohni taniydi, yengil kunlarda Allohni hukmida,
yengil kunlarda Alloh taologa yaxshi ko'rib ibodat qiladi. Endi bunaqa bandasini Alloh qiylangan kunida albatta o'zini holiga tashlab qo'ymaydi. Tushunarlimi? Yengil kunlaringda Allohni eslagin, Allohni tanigin, Alloh ham seni nima qiladi? Taniydi, eslaydi. Ulamolardan biri aytadi, ustimga mashaqqat kunlari keladigan bo'lsa, sakiynat haqidagi oyatlarni o'qiyman. Ana shu narsani o'qirkan,
ustimga qiyinchilik kelganda, shu sekinat oyatlarini o'qib, uni ta'sirini hayotimda his qildim deydi.
mana shu nasihat ko'rsatma birodarlar. Agar ishlar og'irlashsa, qalb iztirobga tushsa, sakinat oyatlarini tilovat qiling. Bu sakinat Alloh taolo mo'min bandalarga ato qilgan in'omi bo'ladi. U mo'minlarga xos bo'ladi. Sakinatning ta'rifi. Sakinatning asli xotirjamlik va viqor. Xotirjamlik va viqor. Masalan,
falonchi odamda sakinat bor desa, demak uni qalbi xotirjam, ichi xotirjam, ustida viqor bor. Haybat bor, salobat bor. Baqir chaqir qilish, qo'rqish, yig'i solish, asablarda buzilishi, bu birodalar sakinatni zidda. Sakinatni nozik ta'rifi. Qalbda xotirjamlik va a'zolarda sokinlikni bor bo'lishi.
insonning ichi ham osoyishta, tashi ham osoyishta. Bilasizmi, shunday bir aktyor odamlar bor. Asabi o'lgan, g'azabi qaynab turibdi. Ichida vulqon qaynab turibdi yu, ammo tashqarisida xotirjam tura oladi. Biz bunaqa, bu aktyor bu. Biz bunaqa xotirjamlikda aytmayapmiz. Biz aytayotgan xotirjamlik sekinat, ustida qanday osudalik, viqor xotirjamlik bo'lsa,
qalbida ham shu narsa bor. Mo'min manda osoyishta bo'ladi. Sokin bo'ladi. Xuddi salobatli bir tog'dek. Mo'min jazavaga tushmaydi, vahimaga tushmaydi, panika qilmaydi, yiqilib qolmaydi, o'zini yo'lidan chiqib ketmaydi, idish tovoqni yerga urmaydi, eshikni tepmaydi, so'kinmaydi, xotirjam bo'ladi, haliyin bo'ladi. Mana shu.
shu kishini muomalada, odamlar bilan qilayotgan muomalasida muloyim halim bo'lib turganligi, uni qalbida sakinat borligi bir ishora bo'ladi.
murodalar, bilasizmi, xulq, go'zal xulqlarning saidi bu hilm deyiladi. Muloyimlik. Shuning uchun aytilinadi, ka'dal halimu an yakuna nabiyan. Halim odam, muloyim odam.
nabiiy bo'lishiga sal sal qoladi.
endi ikkalasi halimlik qilsa, qaysini sizni savobi ko'proq bo'ladi?
muhim narsa, agar qalbga sakinat o'rnashgan bo'lsa, kirgan bo'lsa, uni xotirjam qilib qo'yadi. Tana a'zolari sokin bo'ladi, viqor bo'ladi, tili hikmat va haqni so'zlay boshlaydi. U bilan yolg'on, fahsh, botil, bekorchi so'zlar orasida to'silib qoladi. Abdulloh ibn abbos aytadi, biz aytardik, umarning tilida va qalbida sakinat gapirar edi.
umar roziyallohu anhu ning tilida va qalbida sakinat gapiradi deredik. Ya'ni qalbidagi sakinat uni tilini va qalbini gapirtirar edi.
birodarlar, sakinat nima desa, samarasiga qarab turib bilib olishimiz kerak bo'ladi. Sakinatning samarasi qalbdagi rozilik, ishonch, qalbdagi osoyishtalik, tabiatdagi bosiqlik.
banda, agar Allohga yaqin bo'lsa, agar Alloh unga sakinatni bergan bo'lsa, uni qalbida shunday bir xotirjamlik bor bo'ladiki, agar xavotir qo'rquvda turgan butun bir shahar ahliga tarqatsa, mana shu undagi sakinatni, hammasini xotirjam qilib qo'yadi. Mana shular sakinatni ochiq ko'rinib turgan mevalari. Sakinat mavohib, Allohning mukofoti. Sakinat Alloh
ning bir bandani qalbiga tajalli qilishi, nazar solishi.
, Allohning mo''min qalbiga yuborgan nuri.Of, saqinat qalbning xotirjamligi.Of, saqinat Allohning bir bandasiga bergan mukofoti.Of. Aqul u qovli hayda va astag'firullohu alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.