MMaviza
SakinatQoralama14 daq

57-QISM / SAKINAT (3/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
14:14

bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbil a'lamin, assalomu alayhi vassalom, va ala ashrafil mursalin, va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rif va barakatu. Agar bandani qalbiga sakinat o'rnashadigan bo'lsa, tilni gapirtiradi. Til nimani gapiradi? Hikmatni, haqiqatni, chiroyli mav'izani.

abdulloh ibn abbos aytganidek, umarning tilida va qalbida

saqlamoti bor. Alloh bandaga sakinat bergan bo'lsa, undagi karomatlardan bittasi shu bo'ladiki, tayyorlanmagan bo'ladi. O'qimagan bo'ladi, yozib olmagan bo'ladi, yodlamagan bo'ladi, biron joydan eshitmagan bo'ladi. O'zini ichidan shunday bir so'zni, bir gapni aytadi, u aytgan gapi naq hikmatni o'zi bo'ladi. To'satdan tilidan chiqadi, haqiqatdan bir ma'nosi chuqur hikmatli

so'z bo'ladi. Qayoqdan oldi bu narsani? Bu nimani alomati? Bu mana shu odamning qalbiga Alloh taolo sakinatni joylab qo'yganligini belgisi. Shunaqa chiroyli gapni gapiradi da, vallohi deydi, qayerdan keldi bu gap menga deydi. Men aytdimmi shuni deydi. Keyin shunga o'xshagan bir so'zni aytay desa, qaytara olmaydi. Bu uni qalbida sakinat borligini bitta belgisi. Bu Alloh

tomondan berilgan bir fat g'alaba. Bu sakinatni alomati. O'zidan kutmaydi odam bunaqa gapni. Boshqalar ham kutmagan bo'ladi. Mana shu ishtiroq, ochilish, iqbol va sakinat lahzalari bo'lib qoladi. Mana shu paytda haq bo'lgan so'zni gapiradi, hikmat bilan gapiradi, dalili bor so'z bo'ladi bu, hujjati bor bo'ladi va odamlarga ta'sir qiladi. Mana shu o'rinda bir muhim bir narsa bor.

bir odam gapiradi, terib chizib qo'yib, shunaqa chiroyli gapiradi, hech qanaqa ta'sir yo'q. Yana bitta odam oddiy gapirib qo'yadi, haligi gap qalbingizda tag tagiga o'tib ketadi. Titrab ketadi, sal gapini eshitib. Farqi nimada? Aytilgan so'zlarni qanaqasi odamlarga ta'sir qiladi? Birov ishonch bilan gapiradi. Tayyorlanib gapiradi. Mutolaa qilib gapiradi. Yodlab olgan bo'ladi.

juda ham chiroyli so'zlar. Agar mana shunaqa so'zlarni ham, hattoki, agar Alloh o'zi tomondan bo'lgan bir ruh bilan quvvatlamasa, ularni ta'siri bo'lmaydi. Ammo Alloh bir bandani qalbiga sakinatni joylab qo'ygan bo'lsa, mana shu sakinat bilan gapirsa, bu sakinat unga Alloh tomonidan berilgan mukofot edi. Istiqomasini, taqvosini, ixlosini, fidoyiligini samarasi edi.

bunaqa bandani so'zlarini Alloh o'zi tomondan bo'lgan bir ruh bilan quvvatlaydiki, ta'sir qilishi qattiq bo'ladi. Haqiqatdan shunaqada. Bir unaqa savodiyoq bir dehqon odam bo'ladi, oddiy bir usta hunar odam bo'ladi. Shu sizni haqqa chaqirib ikki og'iz nasihat qiladi. Qalbingizni teshib o'tib ketadi haligi gapi. Endi shunaqa bir odamlar bor. Endi shunaqa bir keltiradi, hech qanaqa ta'sir yo'q.

boyagi odamni so'zi nimaga ta'sir qildi? Alloh tomonidan ruh berildi bunga. Alloh taoloning ruhi bilan quvvatlandi. Qalbida sakinati bor. Alloh taoloning ushbu oyatini ulamolar shu biz aytayotgan narsaga dalil deyishadi. Astaydi billah. O'laika kataba fiy qulu bihimul iymanu va ayyadahu bi rohim min. Ana o'shalarning dillariga Alloh iymonni bitib qo'ygandir va ularni o'z tomonidan bo'lgan ruh bo'lsa,

bilan quvvatlantirgandir. Ana shu gap ta'sir qilyaptimi? Demak qalbida sakinati bor. O'sha gap ta'sir qilyaptimi sizga? Demak Alloh shu so'zlarni o'zi tomonidan bo'lgan ruh bilan quvvatlantirib qo'ygan. Tushundingizmi? Tilingizni buramang, chiroyli so'zlarni termang, Allohdan taqvo qilib, ixlos bilan, istiqoma bilan gapiring, o'tadi gapingiz. So'zda hikmat bor, fasohat bor, bayon qilishda mahorat bor,

nutqda puxtaliy bor, ammo ta'siri yo'q.

demak, bunaqa odamni qalbida sakinati yo'q. Alloh tomonidan uning so'zlari ruh bilan quvonlantirilmagan.

ulamolar aytishadi, qattiq ehtiyoj holatida qalbda mana shu sakinat paydo bo'ladi. Ya'ni, boshiga bir balo keldi, musibat keldi, mashaqqat keldi, qiyinchilikka tushib qoldi. Mana shu paytda qilgan duosi sakinat bilan qilingan duo bo'ladi. Sidqidildan so'raydi.

Alloh taolo uni qalbiga tajalli qiladi. Shunda uni aytayotgan so'zlarda ruh bo'ladi. Bu Alloh taoloning shu bandasini qalbiga qilgan tajallisi bo'ladi. So'zlarning ta'sirini sababi shu. Sakinat. Sakinatning nozik ta'riflaridan. Sakinat nur, sakinat quvvat, sakinat ruh. Alloh taolo

mana shu sakinat orqali birodar senga bir nurni kashf qilib beradi. Ana shu nur seni qalbingga joylanganidan keyin, imon dalolatlarini ko'rasan, haqiqatlarni ko'rasan. Mana shu nur qalbingga berilgandan keyin, haq bilan boltini ajrata oladigan bo'lasan. Hidoyat va zalolatni farqiga borasan. Egrilik yoki to'g'rilikni o'rtasidagi farqni ko'rasan. Ya'ni, sakinati bor odam qalbida, xotirjamligi qalbida bor bo'lgan odam

odam, uni o'zini fikri bo'ladi. O'zini nazari bo'ladi. O'zini qarashi bo'ladi. U kim nima desa ergashib ketavermaydi.

demayman. Sakinat Alloh tarafidan bandani qalbiga solib qo'yiladigan nur. Bu nur bilan hamma narsani o'zini boricha, holicha ko'radi. Shuning uchun, birodarlar, Alloh qalbiga sakinat joylab qo'ygan banda bu hazakam odam emas. Bunaqa odam narsalarni zohirga qarab, ustidagi suratiga qarab oldinib qolmaydi. Qalbida sakinati bor odam narsalarni haqiqatini ko'radi.

dunyo matohi qo'lida katta, uy joyi chiroyli, mashinasi yangi, katta puli bor.

ammo harom narsani tijorati bilan boyigan. Ana shu qalbida sakinati, nuri yo'q bo'lgan odamlar havas qiladi buni. Chunki zohiriga qarab aldanyapti da bular. Ammo qalbiga nur bergan, sakinat berilgan bandachi? Yo'q deydi. Xudo saqlasin bunaqa bo'lib qolishdan deydi. Chunki bu haqiqatini ko'radi. Demak, sakinatni nima dedik? Nur, quvvat, ruh dedik.

ana shu ruh bo'lsa insonda qalbida, u hushyor bo'ladi, sergay bo'ladi. Demak, sakinat deyiladigan ruh insonni hushyor qilib qo'yadi. Sakinatning ma'nolaridan. Sakinat mo'minni qalbidagi nur deyildi. Hamma narsani asl suratini shu nuri bilan ko'radi. Sakinat mo'minni qalbini egallagan bir ruhoniya, ya'ni uni qalbi tirik bo'ladi.

qalbi uyg'oq, g'aflatda emas, Allohdan uzoqlashmagan, shahvatlarga cho'kmagan, o'zini doim hisob kitob qilib turgan va kunidan rozi.

sakinat to'g'ri ilmga asoslangan quvvat. Mana shu quvvati bilan banda o'zining shahvatlarini, chaqiriqlarini sindiradi.

sakinatning lavozimlaridan. Shaxvatning chaqiriqlarini mag'lub qiladigan quvvat. Mana hozir aytdik ku, nafsangiz, shaxvatangiz chiq turib ket deydi, berma deydi, uxla deydi, namozga chiqma deydi, qo'y sendan boshqa odam yo'qmi deydi. Masalan, bir hafta chiqib matishda ozon aytasanmi ertaman bomdodga desa, nima deydi nafsimiz? Lekin so'pakan

larimiz nima bo'lgan? Uje ko'nikib ketgansizlar da, to'g'rimi bunga? Oddiy ish bular uchun. Nafs uxla degan asosani qilmay qo'ygan. Chunki bu quvvat bilan, boyagi biz aytayotgan qalbdagi quvvat bilan, nafsni sindirib bo'lgan. O'sha turib chiqib ozonda aytish oddiy narsa unga. Demak, sakinatning lavozimlaridan shahvatning chaqiriqlarini sindiradigan quvvat. Gohida shahvatlar insonni yengib qo'yadi.

shunda shayton mag'lub bo'lding deydi. Shu yerda gunohga kirib qoladi.

u ham xuddi shu gunoni qiladi da, uyalmaydi. Bezrayib turaveradi. Nima bo'pti deydi. Aksincha, faxrlanib ham qo'yadi. Bunaqa odam fojir deyiladi. Demak, gunohga qo'l urib, xijolat bo'lib, uyalib, istiqporotgan odam osiy ekan, gunoni qilib qo'yib turib, shunday turgan, hech narsa olmagandek. Bu odam fojir ekan. Biz banda ekanmiz, tirik ekanmiz, ichimizda birodarlar, shahvat, nafs, shayton, doim

bizni gunoh qilishlikka undab turadi. Ichimizda doim kurash ketadi. Aqlimiz bilan shahvatimiz turadi, kurashadi. Insonni ichida malokalardan bo'lgan ilhom bo'ladi yoki shaytondan bo'lgan vasvasa bo'ladi. Asli tuproqdanmi insonni? Jasadi tuproqdanmi? Endi ruhi samoqdan kelganmi? Mana shu tuproq tomoni bilan samoviy tomoni doim kurashib turadi. Kimdir umuman mana shu shaytonga, nafsga yengilgan,

uni ichida kurash bo'lmaydi ham. Endi, mo'minchi, gohida shahvatini sindiradi, gohida mag'lub bo'lib qoladi. Agar mo'min bandani qalbida biz aytayotgan shu sakinat bor bo'ladigan bo'lsa, u shahvatni sindirishdek quvvatiga ega bo'ladi. Sakinatning nuroniy tarafi bor, ruhoniy tarafi bor, hamda quvvat tomoni bor. Ana shu bilan shaytonni va nafsini

shahvatlarni sindiradi.

ustiga o'z sakinat oromini tushirdi. Agar Alloh bandani qalbiga shu ne'matini ato qiladigan bo'lsa, hatto osiy bo'lgan inson Allohga tavba, nasuh tavba qilsa, Alloh unga ham sakinatni beradi. Ana shu sakinati tufayli endi qalbida quvvat paydo bo'ladi. Shu quvvati bilan endi shahvatlarni sindira oladi. Mag'lub edi, g'olib bo'ldi. Bo'yin singan edi nafsiga, shahvatiga. Endi

bo'yin so'ndiruvchi bo'ldi, zaif edi, endi kuchli bo'ldi. Havoiy nafs uni yetaklardi. Endi bu saqinatni bergandan keyin u havoiy nafsini o'zi yetaklaydi. Ikkinchisi, muhosabatu nafs. Bu juda ham muhim nuqta. Nafsni hisob kitob qilib turishlik. Hasibu anfusakum qobil an tuhasabu va zinu amalakum qobil an tuhzana alaykum, deydi umariddin xattob rohimah.

anhu. Hayotdagi bir muhim qoidalardan qilib olsa yaxshi bo'ladi. U kishi aytadiki, hisob kitob qilinishinglardan avval o'zlaringizni hisob kitob qilib turinglar. Sizlarni zararlaringizga o'lchangunga qadar amallaringizni o'lchab olinglar. Agar inson o'zini hisob kitob qilib tursa, ancha tartibga kelib qoladi. Agar o'zini amallarini hisoblab tursa,

amallari ham tuzalib qolganligini ko'radi. Agar biz o'zimizni amallarimizni o'zimiz hisob kitob qilib tursak, nafsimizni hisob kitob qilib turadigan bo'lsak, ancha, ancha insofga kelib qolamiz. Aqul qovli hayda, astag'firullohu alayhi va alaykum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh.