MMaviza
GʻariblarQoralama18 daq

76-QISM / GʻARIBLAR (4/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
17:31

bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbila alamin. Assalomu alayhi vasallamu ala sharaful mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatu. Tasavvuf darslaridan birodarlar, nafs tarbiyasi, nafsni poklash darslaridan g'ariblar manzilatini qo'yayotgan edik, davom etamiz. Avvalgi uchta darsimizda

g'ariblar haqida aytilgan hadislardan bir qanchalarni o'qidik. Birinchi hadisimizda payg'ambarimiz aytdilar, din g'ariblik bilan boshlangan, yana g'ariblikka qaytadi, g'ariblarga tubo bo'lsin, ya'ni jannat bo'lsin. U g'ariblar kimlar? Odamlar buzilganda isloh qiladi, Allohni dinida talashib tortishmaydi, hamda ahli qibla bo'lgan biron bir odamni kofirga chiqarmaydi. Agar jamo

jamiyatda hayo, iffat, qo'rquv, taqvo, poklik, mas'uliyat degan tushunchalar yo'q bo'lsa, agar odamlar Allohni tanishmasa, shariat hukmi bilan yurmasa, Allohni diniga beparvo bo'ladigan bo'lsa, Alloh ham bunaqa bandalarda o'zini holiga tashlab qo'yadi. Kechagi darsimizda aytdik, kechasi birda, ikkida odamlar bir kilometr o'chirib turibdi. Nimaga? Go'sht kelar ekan erta mana shu magazinga. O'sha yurtda go'sht yo'q. Nima uchun go'sht yo'q?

chunki zino ko'p edi. Allohni hukmiga beparvo bo'ldi ular, Alloh ham ularga beparvo bo'ldi. Allohni hukmlari u insonlarga qadr qiymati bo'lmadi, bu insonlarni ham Alloh taologa qadri bo'lmadi. Alloh ularni o'zini holiga tashlab qo'ydi. Agar ayollarni go'shti shunaqa arzon bo'lib, zino ko'p bo'ladigan bo'lsa, chorvalarni go'shtlari qimmatli edi. Agar odamlarni orasida hayo suvi ko'tarilsa, odamlar

yuzidan hayo suvi ko'tarilsa, ular uchun samo suvi kamayib ketadi. Bu qonun. Bu qonun. Shuning uchun haqiqiy ulug'vorlik nimada? Ana shu haqida turgan, sobit turgan ozchilik bilan birga bo'lishlikda. Ko'pchilik bilan bo'lishlikda emas. Allohni azobidan qutilishligimiz faqatgina mana shu Allohni dinini mahkam ushlagani ozchilik bilan birga bo'lganimizda bo'ladi. Albatta, bir joy bilan

boshqa bir joyni farqi bor. Masalan, bir joyda g'arib bo'lsang, bir joyda g'arib bo'lmaysan. Masalan, biz yurtlarimizda, alhamdulillah, masjidlar serob, namozxonlar ko'p, soliq insonlar ham shunday ziyoda. Dinini ushlagan odamlar bor, rahm shafqat, iymon e'tiqod. Bizda g'arib bo'lmaysiz. Ammo ana shu bir kufr mamlakatlariga, g'ayri dinlarni yurtlariga borsangiz chi? Zino qadamingizda?

harom yeydigan, harom ichiladigan ichimlilar, haromiyatlar serob.

massiyatga qadam qo'yishda hamma ish imkoniyati bor. Demak, bir joyda g'arib bo'lasiz, bir joyda yo'q. Bir qavm orasida g'arib bo'lasiz, boshqasida yo'q. Bir toifa orasida g'arib bo'lasiz, boshqasida yo'q. Demak, o'rtada tafovut bor. Alloh taoloni haqiqiy taqvodor bo'lgan bandalari faqat Allohni o'ziga suyanadi va faqatgina muhammad alayhissalomni o'zlariga ibrat deb biladi. Bunaqa odamlarni ko'rgan ko'pchilik,

dilni mahkam ushlagan, muhammad alayhissalomni o'ziga ibratni bilgan, ochchilikni ko'rganda, boyagi ko'pchilik fosig'lar nima deydi? Adashgan, yo'ldan chiqqanlar deydi. Aslida kim adashgan? Aslida kim yo'ldan chiqqan? Bu ana shu g'ariblarni holini ko'rib, hayotda qiylangan, bularda bir hayotida xotirjamlik yo'q deb olyapti bu dindan uzoqlar. O'zi aslida xotirjamlik ularda yo'q. Chunki

Alloh taolo aytadi, istaduviylar. Fa man a'rodan vikri, fa indallahu ma'yishatan donka. Ko'pchilik, zalolatda yurgan ko'pchilik, imon e'tiqodda ushlagan oshchilikni ko'rib turib, achinadi a, bechoralar deydi. O'zi aslida ularga achinilishi kerak. Alloh taolo aytyapti qur'onda, kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas, unga tanglik hayoti beriladi. Allohni zikridan uzoq bo'lgan odamni hayoti tang bo'ladi. Bu Allohni va'dasi.

u puli bormi, yo'qmi muhim emas. Sog'mi, kasalmi muhim emas. Osiyodami, yevropadami farqi yo'q. Allohni dinidan yuz o'girgan odamni hayoti tang bo'ladi. Lekin bu g'ofillar, g'ofillar dinni mahkam ushlagan ozchilik g'ariblarni ko'rib, achinadi, bechoralar, qiynalyapti bular deydi. Ana shu ko'pchilik qo'rquvda, xavotirda turganida, bu g'ariplar

tamomiy sakinatda xotirjamlikda bo'ladi. Boshqalar narx navozi ko'tarilib kechadan qo'rqib, ocharchilikdan, kambag'alchilikdan, siqilib bo'g'ilib insult olib turgan paytda, haqiqiy mo'min xotirjam turadi. Haqiqiy mo'min ustiga o'lim kelganda ham xotirjam turadi. Nima uchun? Astaydubillah, volayin muddum, avqupildum la ilollohi to'xsharun. Qasam, agar o'lsangiz ham, o'ldirilsangiz ham,

albatta Alloh huzuriga to'planaverasiz. Ha o'lsangiz ham, o'ldirilsangiz ham, qayerga borasiz? Allohni oldiga borasizmi? Alal oqibat shu yermi? Boriladigan joyning oxirgisi? Kimni oldida jamlanamiz? Allohni huzurida. Mo'min kishini hayoti ana shu o'limga tayyorgarlik. Bugun kelsa bismillah deb ketaveradi. Chunki hayotdan maqsadi, hayotdagi asosiy maqsadi

Alloh taologa ro'baro' bo'ladigan kunga tayyor ekanligida.

astag'ibilloh. Va la inqutil tun fi sabiylillahi avmudtun la mag'firatun minallohi va rahmatun hayrun minma yajmavun. Qasamki, agar Alloh yo'lida o'ldirilsangiz yoki o'lsangizlar, albatta Alloh tomonidan bo'lg'usi mag'firat va rahmat, ular, ya'ni munofiqlar, kofirlar to'plagan dunyodan yaxshiroqdir. Oxiratda mo'minga nima deyiladi? Qiyla du xilil janna. Qiyla du xilil janna.

ga kir deyiladi. U nima deydi? Ya alaytaqomi, ya alamun. E, qaniydi meni qavmim bilganda edi. Nimani? Bima g'oforali robbi va ja alani minal mukramin. Robbin meni mag'firat qilib, mukramin, hurmat qilingan bandalar qatoriga qo'shganligini. Yana qaytarib aytamiz. Allohni tanigan, dinini mahkam ushlagan ozchiligini ko'rib turib, bu yoqdagi ko'pchilik fosig'lar achinadi. Bechoralar

hayotda bir yaxshi kun ko'rmayapti. Yoshligida o'ynab qolmayapti. O'ronib churkanib yuribdi. Namoz o'qiyapti. O'zi aslida bularga achinaladi. Ana shu hammamizni boshimizda haq bo'lgan o'lim kelgan paytda, kimni holati xotirjamroq bo'ladi? Ana shu g'ariblarni.

va meni izzat ikromli kishilardan qilganini bilsalar edi.

odam bolasi borki, hayotni yaxshi ko'radi.

payg'ambarimiz aytganlar, xo'rukum man to'la umruhu va hasuna amaluhu. Sizlarni oralaringlarda yaxshilaringlar, umri uzoq bo'lib, amali chiroyli bo'lganlari. Musulmon odami umri uzun bo'lsa, amali chiroyli bo'lsa, zo'r. Endi taqdir. Vaqt soati kelib qolgan bo'lsa, taqdir yozilgan bo'lsa, ajal yaqinlashib qolgan bo'lsa chi? Nima qiladi? Jazavaga tushadimi? Yo'q. Bu g'arib yigit, dinini ushlagan g'arib yigit,

shu kunga tayyorgarlik ko'rgan edi. Umri tayyorgarlikdan iborat edi. Bugun men aytaman bu o'lim nima bo'lardi? Baribir kelar edi. Jazavaga tushmaydi, baqir chaqir qilmaydi, hamma o'ladi, hamma Allohni oldiga boradi. Aniq biladi buni. Shuning uchun xotirjam. Shuning uchun haqiqiy g'arib mo'min banda odamlar o'ylagandek vahshatda qo'rquvda yashamaydi. Aksincha uni qalbida nima bor?

xotirjamlik bor. Ko'p odamlar unga adovat qilsa ham, dushmanlik qilsa ham mayli, chunki Allohga iymon keltirgan valilardan bu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, kam min ash'ata ag'barati temurayni la yu'bavlahu la aqsa ma'Allohi la abarro. Sochlari taroq demaganidan paxmayib ketgan, chang to'zon yuzini rangini o'zgartirib yuborgan, yudagan kiyim kiygan,

cha odam borki, unga hech kim e'tibor bermaydi. Ammo shu odam Allohni valilaridan bo'lib qolgan. O'zi ham bilmaydi kerak bo'lsa. Agar Allohni nomiga shu odam qasam ichsa, Alloh uning qasamini oqlaydi. Shuning uchun ro'paramizda bir mansabi yo'q, daromadi o'rtachadan pastroq, ishi, uy joyi juda ham bir zo'r bo'lmagan, ammo mustaqim bo'lgan bir mo'minni ko'rsak, unga past nazar bilan qaramaydik. Unga kim

qilmaylik. Chunki kibr faqat Allohga yarashadi. Ehtimol bu korxonani direktori durasan sen. Bu odam seni qo'lingdagi ishchidir. Uni oldida kekkayma. Ehtimol mana shu oddiy ishchi sendan ko'ra Allohga nimadir, martabasi ulug'roq, mahbubroqdir. Ehtimol duosi ijobatdir, sen bilmaysan buni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ittaqu da'votal mazlum. Mazlumni duosidan ehtiyot bo'linglar. Agar u kofir bo'lsa ham,

zulm ko'rib turib duo qilsa, duosini ijobat bo'lishidan to'sadigan parda yo'q dedilar.

hamma mansabni yaxshi ko'radi, chiroyli kiyimni, qimmat mashinani, qo'yingki dunyoni zebi ziynatini yaxshi ko'radi.

ana shu bizdagi dunyo matohini borligi yo'qligiga qarab odamlar bizga baho beradi.

lekin odamlarning bergan bahosi emasda eng muhimi. Eng muhimi Alloh taoloni sizga bergan bahosi. Odamlar boylikni hurmat qilishadi. Qichquvvatni yaxshi ko'rishadi. Katta katta universitetlarda diplomlarni tan olishadi. Chiroyli narsani xush ko'radi. Lekin Alloh nimani yaxshi ko'radi? Alloh itoatkorlarni. Alloh taolo aytadi. O'xib bu toyin va xub bilisha betoy ashad.

itoatkorlarni yaxshi ko'raman deydi Alloh. Lekin ana shu itoatkorlarni ichida yosh yigit, yosh bo'lib turib itoat qilsa, ko'proq yaxshi ko'raman. Uxib bulmutavvo g'ayn va xubbilil g'aniyil mutavvodi yashad. Kamtarlarni yaxshi ko'raman, kamtar insonlarni. Endi boy bo'lib turib kamtar bo'lsa, buni ko'proq yaxshi ko'raman. Yana aytadi, saxiy insonlarni yaxshi ko'raman. Endi saxiy inson, faqir bo'lib turib saxiy bo'layotgan bo'lsa, Alloh

buni ko'proq yaxshi ko'radi. Demak, birodarlar, din g'arib bo'lib boshlangan, yana g'aribligiga qaytadi, g'ariblarga jannat bo'lsin. G'ariblarning birinchi sifati odamlar fasodga uchraganda isloh qiladi. Allohni dinida talashib, tortishmaydi va ahli qibla bo'lgan odamni bironta qilgan gunohi bilan kofir demaydi. G'ariblarning sifatlari u uchun g'arib odamni

uchun namozi judayam muhim. Ko'zini tiyishi judayam muhim. Erkak ayol aralashib yurgan joyga kirmasligi uchun judayam muhim. Topish tutishida harom bo'lmasligi judayam muhim. Bu hadisda aytilgan, sifatlarga ega bo'lgan odam siz bilan biz yashab turgan zamonda uning ishi qiyin. Chunki unga ellikta odamni ajrini berilishi va'da qilindi da. Abu umayya shaybon

moniyadan u aytadi, abu sa'hlaba al xushaniyya oldiga kelib dedim. Manaviyatni qanaqa qilib tushunasiz? Qaysi oyat? Astag'ibilloh. Ya yuhalladina amanu, alaykum anfu sakkum, la yodorukum mandalloh, idah tadaykum. Ey mo'minlar, o'zinglar deb bilinglar. O'zinglar deb bilinglar, ya'ni gunohlardan tiyilinglar. Modomiki haq yo'lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas. Qanaqadir tushunasiz shu narsani.

mana aytdi ku, g'arib ozgina bo'ladi. Fisq hujruqda bo'lgan odamlar ko'p bo'ladi. Shu odamlarni amir ma'ruf nahim ukar qilsangiz, qabul qilmasa, ustingizdan kulsa, sizni haqorat qilsa, diningizni yerga urib beparvo bo'lsa, endi o'zingiz bilan bo'ling endi. Ma'qulmi? Ular nima bo'lsa bo'laversin, o'zim to'g'ri bo'lsam bo'ldi emas. Qo'lingizdan kelgan amir ma'ruf nahim ukarni qildingiz, qabul qilmadimi, endi o'zingiz bilan ovora bo'lasiz. U kishi aytadi.

va Allohi bu haqida biluvchidan so'rading. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'raganman. Uzoq shunday deganlar. Balki yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. To baxillik yoyilganini, havoyi nafsga itoat qilinganini, dunyo matohi hamma narsadan ustun qo'yilayotganini va har kim o'zining ra'yi bilan qanoatlanayotganini ko'rsang, o'zingni nafsingni lozim qiling.

otini tutgin. Avomni o'z holiga qo'ygin. Mana aytdik, qo'lingizdan kelgan amr marhum narxi mukarrani qildingiz, lekin odamlar o'zlarining havoyi nafsini qo'ymayapti. Mana endi ularni qo'yginda o'zing bilan ovora bo'ling. Payg'ambarimiz davom etadilar hadisda, ortingizda shunday kunlar keladiki, u kunlarda diniga amal qilib, sabr qilishlik xuddi cho'g'ni ushlash kabi bo'lib qoladi. U kunlarda diniga amal qilgan bir kishi uchun

sizlarning amalingizni qilgan ellik kishiga beriladigan ajr beriladi.

sahobalar yo Rasululloh bizdan ellik kishi nima? Yo ulardan ellik kishi nima?

Rasululloh aytdilar, bal ajru ham siyna ming kun. Sizlardan bo'lgan ellik kishining ajri dedilar. Nima uchun? Li annakum tajiduna alal xoyri mevonan, valayi jidun. Nimaga u g'ariblarning savobi sizlarni ellik teradi savobi bilan teng bo'ladi? Bittasini.

savobi. Chunki sizlarga men yordamchi bo'lib turibman deyaptilar Rasululloh. Mana shu xayrlarni, xayrli ishlarni qilishlikda men sizlarga ko'makchi bo'lib turibman, men borman oralarda. Ular ana shu ishni ustida turganda ularga yordamchi bo'lmaydi deydi. Sahobalarga berilgan ajrdan ellik barobar ajr shu odamga berilar ekan. Kimga? G'aribga. Gohida inson mustaqim bo'lsa, dinini mahkam ushlasa, g'arib bo'ladi da, yaqin kishilar

lari malomat qilishni boshlaydi. Ayoli, farzandi, ulfatlari, do'stlari ham bir chekka qochishni boshlaydi.

modomiki payg'ambarimiz g'ariblarga jannat bo'lsin deb duo qilibdilarmi? Demak u martaba oson bo'lmaydi.

keladigan bo'lib qoldi. Ha, rizq Allohdan birodarlar. G'ariblik jazo emas. G'ariblik jannat. Agar diningni mahkam ushlab odam orasida g'arib bo'lib qolgan bo'lsang, senga birodar payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bashorat bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadis sharifdan marhamat qildilar. Albatta islom g'ariblik bilan boshlangan, yana g'ariblikka qaytadi, g'ariblarga jannat bo'lsin.

tubo bo'lsin. Alloh azza va jalla payg'ambarimiz duo qilgan va tubo jannatini bashorat qilgan g'ariblardan bo'lishimizga tahbib bergan bo'lsin. Aqulu qovli hada va astag'firullohu alayhi va lakum. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatu.